O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari hamkorlikdagi loyihalarni ishga tushirdi

Фото: president.uz

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Davlat rahbarlari kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar. Ularning orasida – Toshkent shahrida mehmonxona va turar joy majmualarini barpo etish, Qashqadaryo viloyatida qurilish materiallarini ishlab chiqarish, Ozarbayjonda to‘qimachilik klasterlari hamda tikuvchilik fabrikasini tashkil etish va boshqa loyihalar shular jumlasidan.

«Prezidentlar ushbu loyihalarga start berar ekan, ular o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishini ta’kidladilar», – deya qayd etiladi mamlakat rahbarining matubot xizmati tarqatgan xabarda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.