О‘zbekistonlik Usmon Toshev futbol bo‘yicha Afg‘oniston terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi
О‘zbekistonlik mutaxassis Usmon Toshev futbol bo‘yicha Afg‘oniston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy bo‘ldi. Bu haqda ToloNews xabar beradi.
Futbolda katta tajribaga ega bo‘lgan Toshev bungacha О‘zbekiston futbol assotsiasiyasi (О‘FU) terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. U О‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi ham bo‘lgan va 2018-yildan 2021-yilgacha Tojikiston terma jamoasini boshqargan. Uning “Nurafshon Buxoro”, “Zarafshon”, “Paxtakor” kabi klublari, shuningdek, xorijning “Solnok” (Vengriya) va “Keratsini” (Gretsiya) jamoalari bilan hamkorlik qilgani qayd etiladi.
Toshev bilan shartnoma bir yil muddatga, ya’ni angliyalik murabbiy Eshli Vestvud yaqinda iste’foga chiqqanidan so‘ng imzolandi.
Sharhlar