О‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi fuqarolarni mitinglarda qatnashmaslikka chaqirdi

Фото: Dunyo

3-dekabr kuni Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilindi, deya xabar beradi О‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi. Hozirgi paytga kelib Janubiy Koreya parlamenti harbiy holatni bekor qilishga ovoz berishga ulgurdi.

“Mamlakatdagi mavjud ichki siyosiy vaziyatni hisobga olib, barchangizni Janubiy Koreyadagi turli miting va namoyishlarda qatnashmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, shuningdek, shaxsiy xavfsizligingiz va salomatligingiz haqida qayg‘urishga chaqiramiz”, — deyiladi elchixona xabarida.

Favqulodda vaziyatlarda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin:
+82 10 3213 4505
+82 10 2909 4334

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.