О‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi aeroportlarda yo‘lovchilarning shikoyatlari sababli yurtdoshlarimizga murojaat qildi
О‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi yurtdoshlarimizni chet davlat hududida xavfisizlik choralariga rioya qilish zarurati haqida ogohlantirdi.
“Rossiya bo‘ylab xavfsizlik choralarining kuchaytirilgani munosabati bilan, ushbu davlatga borayotgan, mamlakat hududida bo‘lib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketayotgan yurtdoshlarimizdan xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishi so‘raladi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, elchixona Rossiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali mamlakat hududiga kirish uchun taqiq bor yoki yo‘qligini tekshirib, shundan so‘ng Rossiyaga borishni tavsiya etadi.
Ulashish:
Sharhlar