“О‘zbekkonsert” artistlarga kelishilmagan xorijiy gastrollar uchun litsenziyani to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda
“О‘zbekkonsert” san’atkorlarga rejalashtirilgan xorijiy gastrol safarlari to‘g‘risida majburiy yozma xabar berilishi lozimligini eslatdi. Tegishli xabar muassasaning Telegram-kanalida e’lon qilindi.
Murojaatda bu talab “Madaniyat faoliyati va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonun va boshqa hujjatlarda mustahkamlab qo‘yilgani alohida ta’kidlanadi. “О‘zbekkonsert” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan oldindan ogohlantirmasdan xorijda konsert va ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazish litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzish ekanligi qayd etiladi.
“Ayrim ijrochilar ushbu talablarga rioya qilmasdan, respublikadan tashqarida konsert dasturlarini rejalashtirib o‘tkazishadi. Litsenziyalash talablari va shartlarini buzgan san’atkorlarning litsenziyalari muddatidan oldin to‘xtatiladi”, — deyiladi xabarda.
Sharhlar