OAV bedarak yo‘qolgan 129 nafar rossiyalik muddatli chaqiruv askarini aniqladi

Фото: важные истории

“Vajnie istorii” nashri Kursk oblastidagi janglar natijasida bedarak yo‘qolgan yoki asirga olingan yuzdan ortiq muddatli harbiy xizmatchilarning ismlarini aniqladi (45 nafari asirga olingan va 84 nafari bedarak yo‘qolgan). Ularning aksariyati Bryansk oblastida joylashgan 488-motoo‘qchilar polkining 17 va 18-batalonlari askarlaridir. Voronej oblastidan 252-motoo‘qchilar polkining askarlari ham bor.

Hisob-kitoblar ijtimoiy tarmoqlarda yo‘qolganlar yoki asirlikda bo‘lganlik haqidagi tasdiqlangan e’lonlar, Ukraina tomonining video va fotosuratlari, ko‘ngillilar va chaqiriluvchilarning qarindoshlari bilan suhbatlar natijasidan tasdiqlangan ma’lumotlarga asoslanadi.

Kamida uch nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, ammo Kursk yaqinida chaqiriluvchilarning o‘limi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar soni ko‘proq.

“Vajnie istorii” tomonidan tuzilgan ro‘yxatlarga Komidan 19 nafar, Boshqirdistondan 11 nafar, Tyumen oblastidan 9 nafar, Yamalo-Nenets avtonom okrugidan 8 nafar, Kabardino-Balkariyadan 8 nafar, Dog‘istondan 7 nafar va Moskvadan 6 nafar, Sankt-Peterburgdan 2 nafar harbiy xizmatga chaqirilgan askar kirgan. Sankt-Peterburg aholisi, Sibir, Ural, Qrim, Markaziy Rossiya oblastlari, Tatariston va boshqa mintaqalardan kelgan muddatli askarlar ham bor.

Yo‘qolgan va asirga olinganlarning aksariyati 20 yoshda – bu 45 nafar askar. Yana 29 nafar askar endigina 21 yoshga kirgan. Qidirilayotganlar orasida 18 yoshli to‘qqiz nafar harbiy xizmatchi ham bor. Yo‘qolganlarning eng yoshi kattasi 24 da.

Afsuski, hozirda ular qarindoshlari orasidagi xavotir tufayli shaxsi aniqlangan askarlarning to‘liq ro‘yxatini e’lon qila olmayapti.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.