OAV: Eron to‘rtta atom bombasini yaratish uchun uran zaxirasini oshirishi mumkin

Фото: репорт аз

Eron o‘zining uran zaxiralarini ko‘paytirishda davom etmoqda, agar u yanada boyitishda davom etsa, nazariy jihatdan yadro qurolini yaratish uchun yetarli bo‘lishi mumkin, deya xabar beradi Reuters Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning har choraklik hisobotiga tayanib.

“20% gacha boyitilgan UF6 zaxiralari 62,6 kg dan 813,9 kg gacha, 60% gacha boyitilgan UF6 zaxiralari esa 22,6 kg dan 164,7 kg gacha oshgan, MAGATE ta’rifiga ko‘ra, 42 kg boyitilgan 60% gacha uran, ashar u yanada boyitilsa, nazariy jihatdan yadro bombasini yaratishga yetadi”, – deb yozadi agentlik.

Ta’kidlanishicha, nazariy jihatdan Eronga yana 2 kg 60% gacha boyitilgan uran kerak bo‘ladi, shunda keyingi boyitilgan material to‘rtta atom bombasi uchun yetarli bo‘ladi.

MAGATE rahbari Rafael Grossi Tehronning agentlikdan bir necha inspektorni chaqirib olish qaroridan afsusda ekanligini bildirdi. Tashkilot, shuningdek, Eron hech qachon ba’zi saytlarda uran izlari qaerdan kelib chiqqanini tushuntirmaganini ta’kidladi. Grossining qayd etishicha, u Eronga tashrif buyurib, mamlakat rasmiylari bilan muloqot o‘rnatishga umid qilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.