OAV: Fransiya milliy yig‘ilishi byurosi Makronning impichmente to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini ma’qulladi

макрон
Фото: МТ

Fransiya Milliy yig‘ilishi (parlament quyi palatasi) byurosi mamlakat prezidenti Emmanuel Makronga nisbatan impichment jarayonini boshlash bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini ma’qulladi, deb yozadi “Parisien” gazetasi.

Bu tashabbus Makron parlament saylovlarida koalitsiya muvaffaqiyatga erishganiga qaramay, yangi hukumat tarkibidan chap qanot vakillarini chiqarib tashlaganidan keyin paydo bo‘ldi. Hujjat Fransiya Konstitutsiyasining 68-moddasiga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, prezident o‘z vazifalarini buzgan taqdirda, uni lavozimidan chetlatish imkonini beradi. Rezolyutsiyani “Yangi xalq fronti” blokining 81 nafar deputati, jumladan “Bo‘yin egmagan Fransiya”ning 72 nafar vakili, shuningdek, “Yashillar” partiyasi hamda “So‘l demokratlar va respublikachilar” guruhining ayrim deputatlari qo‘llab-quvvatlagan.

Rezolyutsiyaning qabul qilinishi mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak bo‘lgan Byuro quyi palataning oliy kollegial organi bo‘lib, unda 22 a’zodan 12 nafari so‘llarni  taqdim etgan. Biroq sotsialistlar Melanshon tashabbusini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi, sobiq prezident, hozir esa deputat Fransua Olland, shuningdek, “Yashil”lar yetakchisi Marin Tondele bunga qarshi chiqdi.

Agar rezolyutsiya ushbu bosqichdan o‘tib ketsa, u 73 deputatdan iborat qonunchilik qo‘mitasi tomonidan ma’qullanishi kerak, bunda so‘llar atigi 24 o‘ringa ega. Shundan so‘ng Milliy assambleyaning uchdan ikki qismi (385 deputat) ikki hafta ichida hujjat uchun ovoz berishi lozim. Xuddi shunday tartib-qoidalar so‘llar ko‘pchilikka ega bo‘lmagan Senatda ham o‘tkazilishi kerak. Senat rezolyutsiyani ma’qullasa (232 ovoz), har ikki palata qo‘shma majlisda yig‘iladi va qaror qabul qilish uchun 925 nafar parlamentchidan 617 nafari uni qo‘llab-quvvatlashi kerak. Agar ovoz berish muvaffaqiyatli yakunlansa, prezident darhol lavozimidan chetlashtiriladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.