OAV: Futbolchi Kilian Mbappe Shvetsiya mehmonxonasida qizni zo‘rlashda ayblanmoqda

Фото: РИА Новости/Алексей Филиппов

Fransiya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Stokgolmdagi mehmonxonalardan birida qizni zo‘rlaganlikda ayblandi. Bu haqda Shvetsiya ommaviy axborot vositalari xabar tarqatdi.

Mahalliy nashrlarning yozishicha, Mbappe Stokgolmga o‘tgan hafta kelgan. U bilan bir qancha qarindoshlari va “PSJ” futbolchisi Nordi Mukiуele ham bor edi. U kelganidan ikki kun o‘tib bir ayol zo‘rlangani haqida politsiyaga xabar bergan. Shvetsiya OAVlarining aniqlik kiritishicha, Mbappega “asosli ravishda gumondor” maqomi berilgan – bu shubhaning eng past darajasi.

Mbappening o‘zi bu ayblovlarni “soxta” deb atadi va uni o‘zi va sobiq jamoasi “PSJ” o‘rtasidagi maosh masalasi bo‘yicha kelishmovchilik bilan bog‘ladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.