OAV: Kruks Trampga qarata o‘q uzgan binoda Maxfiy xizmat xodimlari bo‘lgan

Фото: BBC

Amerikaning CBS telekompaniyasi AQSh huquq-tartibot idoralaridagi xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, tomidan 20 yoshli Tomas Kruks sobiq AQSh  prezidenti Donald Trampni otib tashlamoqchi bo‘lgan bino ichida maxfiy xizmatning uchta mergani bo‘lgan.

Manbaga ko‘ra, binodagi snayperlardan biri Kruks tomga qaraganini, keyin ko‘zdan g‘oyib bo‘lganini ko‘rgan.

“Keyin Kruks qaytib kelib, maysa ustida o‘tirdi va telefonida nimadir ko‘rishni boshladi”, – deydi mahalliy huquq-tartibot idorasining xodimi telekanalga. Shu payt snayperlardan biri uni suratga olgan.

Keyin Kruks masofa o‘lchagichni chiqargan, snayper esa ratsiya orqali qo‘mondonlik punkti bilan bog‘langan. Kruks yana g‘oyib bo‘lgan, keyin uchinchi marta qaytib kelgan – bu safar ryukzak bilan.

Snayperlar o‘z qo‘mondonligiga ryukzakli shubhali odam binoning orqa tomoniga yaqinlashib kelayotgani haqida xabar berishgan.

Huquqni muhofaza qilish organlarining fikricha, Kruks ventilyatsiya tizimi quvuri orqali tomga chiqqan bo‘lishi mumkin.

Snayperlar chaqirgan qo‘shimcha kuchlar binoga yaqinlashayotgan paytda Kruks allaqachon tomga chiqib bo‘lgan.

Keyin ofitserlardan biri tomga chiqqan, biroq to‘xtagan, chunki Kruks miltiqni unga qaratgan. Bir necha soniyadan so‘ng u Trampga qarata o‘q uzgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.