OAV odamlarni garovga olgani taxmin qilinayotgan shaxslarning ro‘yxati va fotosuratlarini chop etdi

Фото: топор

Telegram kanallarda odamlarni garovga olgani aytilayotgan mahkumlarning ro‘yxati va fotosuratlari e’lon qilindi.

Baza va Shot ma’lumotlariga ko‘ra, hujumni quyidagilar amalga oshirgan:

  • 28 yoshli Ramzindin Toshev
  • 23 yoshli Rustamchon Navro‘ziy
  • 28 yoshli Nazirchon Tonov (uchalasi ham giyohvand moddalar savdosida ayblangan)
  • 29 yoshli Temur Xusinov, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazganlikda ayblanib sudlangan.

Baza suratida chapdan o‘ngga Xusinov, Toshev va Navro‘ziy aks etgan. “Ostorojno, novosti” kanali ushbu shaxslar haqida orientirovkalarni e’lon qildi, ular rasman tasdiqlanmaganini ham bildirdi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.