OAV: Rossiya bosh razvedka boshqarmasining yuqori martabali xodimi Moskva yaqinida otib tashlandi

Кадр из видео/Следственный комитет РФ

Moskva oblastining Melenki qishlog‘ida noma’lum shaxs bir hafta oldin Ukrainadagi urushdan qaytgan 44 yoshli Nikita Klenkovni otib tashladi. Bu haqda RBK o‘z manbasiga tayanib xabar beradi.

“VChK-OGPU” telegram-kanaliga ko‘ra, Klenkov harbiy qism komandirining o‘rinbosari bo‘lgan. U maxsus kuchlardan birida xizmat qilgan.

Olingan ma’lumotlardan ma’lum bo‘lishicha, marhum 43292-sonli harbiy qismda maxsus operatsiyalar kuchlari o‘quv markazida xizmat qilgan – deb yozadi “Vajnыe istorii”. U ushbu markazning “Solnechnogorsk-2” shahridagi manzilida ro‘yxatdan o‘tgan.

Bundan tashqari, sizib chiqqan geolokatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Klenkov “Yandex Yeda” xizmatidan BRB  shtab-kvartirasiga ovqat buyurtma qilgan hamda BRB binosi yaqinidagi klinikaga tashrif buyurgan.

U Hyundai Palisade rusumli avtomashinaga ega bo‘lgan, Tergov qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan videoda u xuddi shu rusumdagi mashinada otilgan. Shuningdek, u Mercedes Benz E300, Hummer H3 va Ford avtomobillariga ham ega bo‘lgan.

Ba’zi foydalanuvchilarning kontaktlarida u “Klinkov Nikita Aleksandrovich Sso” va “Sso Mo Rf 92Xxx” sifatida qayd etilgan.

Klenkov o‘ldirilgan joy tayyorlov markazidan 20 daqiqadan kamroq masofada joylashgan.

Baza ma’lumotlariga ko‘ra, hozir ofitserni o‘ldirishda gumon qilinib, kulrang “Mitsubisi Autlender” avtomobili qidirilmoqda. Kanal manbalariga ko‘ra, qotil Klenkovga 8 ta o‘q uzgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.