OAV: Rossiya dronlari Ruminiya hududiga qulab tushdi
24-iyulga o‘tar kechasi Odessa yaqinidagi Ukraina portiga hujum paytida Rossiyaning bir nechta droni Ruminiya hududiga qulagan. Bu haqda Ukraina xavfsizlik va mudofaa kuchlaridagi manbalarga tayanib, “Kyiv Post” nashri xabar beradi.
Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, Odessa oblasti bilan chegaradosh zonadagi Ruminiya hududiga Rossiyaning Shahed tipidagi uchta droni qulagan. “Kamikadze dronlarning portlashlari Ukraina chegarasidan 7 kilometr uzoqlikdagi Nikulitsel qishlog‘i hududida qayd etilgan”, — deyiladi xabarda.
Dronlar qulaganini Mixail Kogelnichanu nomidagi 57-aviabazadan IAR-330 vertolyotining ekipaji tasdiqladi. Portlashlardan keyin vertolyot uchuvchisi yong‘in haqida xabar bergan. Ruminiya tomoni Rossiya dronlari qulashi ehtimoli haqidagi ma’lumotga hali rasman izoh bermadi.
Sharhlar