OAV: Tula oblastida Ukrainaning S-200 raketasi urib tushirildi
Ukrainaning S-200 raketasi Tula oblasti osmonida urib tushirildi. Bu haqda Mash Telegram-kanali xabar beradi.
Voqea Yefremov rayonida sodir bo‘lgan. 11-sentyabr kuni ertalab soat 4 lar atrofida mahalliy aholi portlash ovozi eshitilgani haqida xabar bergan. Keyinchalik dalada diametri taxminan 50 metr bo‘lgan krater topilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, raketa gaz quvuridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda qulagan; infratuzilma vayron bo‘lmagan va qurbonlar yo‘q. Hududiy xavfsizlik vazirligi hozircha voqea haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi.
Ayrim ekspertlarning fikricha, Ukraina qurolli kuchlari Tula-Shostka-Kiуev gaz quvuriga hujum qilishga uringan. Bunga Ukraina yangilashni istamagan, ammo bosim tufayli majburlangan Yevropa Ittifoqiga gaz tranziti shartnomasining amal qilish muddati yaqinlashayotgani sabab bo‘lmoqda.
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi gaz tranziti bo‘yicha amaldagi kelishuv muddati 2024-yil oxirida tugaydi. Oxirgi shartnoma 2019-yilda imzolangan bo‘lib, u Ukraina hududi orqali kamida 225 milliard kub metr gazni o‘tkazishni nazarda tutadi.
Sharhlar