OAV Ukraina bilan urushda qariyb 81 ming nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgani haqida ma’lum qilgan
“Mediazona” va “Bi-Bi-Si” rus xizmati ko‘ngillilar bilan birgalikda 2022-yil fevralidan beri Ukrainaga qarshi urushda halok bo‘lgan 80 973 nafar rossiyalik harbiyning ismlarini aniqladi.
Halok bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi (52%) mojaro boshida Rossiya armiyasiga a’zo bo‘lmagan va u boshlanganidan keyin Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan. Tasdiqlangan qurbonlar orasida ko‘ngillilarning ulushi bir yil oldin 14% dan hozirgi 22% gacha ko‘tarilgan va o‘sishda davom etmoqda. Ularning ko‘pchiligi xizmatning birinchi haftalarida halok bo‘ladi.
Koloniyalardan yollangan mahkumlarning o‘limi soni kamayib bormoqda: ularning ulushi 2023-yildagi 26 foizdan hozirgi 18 foizga kamaygan. Biroq, jurnalistlarning ta’kidlashicha, 28% hollarda halok bo‘lganlar qanday qilib frontga kelib qolganini aniqlab bo‘lmaydi.
Sharhlar