OAV: Ukraina Rossiyaning “Kursk-Vostochniy” taktik aviatsiya aerodromiga ATACMS bilan zarba berdi
OSINT tahlilchilari Ukraina ilk bor Rossiya Federatsiyasining Kursk oblastidagi harbiy aerodromga Amerikaning kassetali kallakli ATACMS ballistik raketalari bilan zarba berganini aniqladi. Bu haqda “Militarnyi” Ukrainaning “Kiberboroshno” loyihasiga tayanib xabar beradi.
Tahlilchilarning fikricha, 25-noyabrga o‘tar kechasi Ukraina raketa kuchlari Rossiyaning “Kursk-Vostochniy” taktik aviatsiya aerodromiga ATACMS raketalari bilan hujum qilgan.
Loyihada aeroport hududida kassetali kallaklarga ega ikkita “M39” raketasining o‘q-dorilari portlashi fotosuratlari namoyish etildi.
Aniqlangan geolokatsiya asosida raketalar samolyotlar, xususan, jangovar samolyotlar turadigan joyga hujum qilgani aniq. Zarba vaqtida ular o‘sha yerda bo‘lgan-bo‘lmagani hozircha noma’lum.
Aviatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan rus Z-harbiy muxbirlaridan biri ham ballistik raketa zarbasi faktini tasdiqladi. U 8 ta raketa uchirilganini ma’lum qildi, rossiyaliklar ularning yettitasi ustida “ishlagan”. Biroq, bu atama faqat urib tushirishni emas, balki urib tushirishga urinishni ham anglatadi.
Sharhlar