OAV: Zelenskiy urushda Ukraina g‘alabasi uchun yana bir reja tayyorlashni topshirdi

Зеленский заявил что Украина продолжит наносить удары по «самым уязвимым местам» России
Источник: katehon.com

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yana bir g‘alaba rejasini – ichki rejani tayyorlamoqda. Bu haqda BBC Ukraina ukrain hokimiyati manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, gap ko‘plab sohalarda – harbiy sanoat majmuasi, mudofaa, iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat va boshqalarda ichki qarorlarga taalluqli bo‘lgan hujjat haqida bormoqda. Kievning g‘arbiy hamkorlari zaruriy harakatlari belgilangan “g‘alaba rejasi”dan farqli o‘laroq, yangi rejada Ukrainaning o‘zi amalga oshirishi kerak bo‘lgan qadamlar nazarda tutiladi.

Hujjat ustidagi ishni yakunlash va uni ukrain fuqarolariga taqdim etish 2024 yil oxirigacha rejalashtirilgan.

“Maqsad – mamlakatni rivojlantirishning turli sohalarida birlikni saqlash va natijalarga erishish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish”, – deya izohladi Ukraina prezidenti jamoasidagi Bi-bi-si suhbatdoshi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.