Ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash uchun 80 dan ortiq davlat ittifoqqa qoʻshildi

фото: dw.com

Braziliya tashabbusi bilan tuzilgan ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash bo‘yicha global alyansga 80 dan ortiq davlat qo‘shildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva Rio-de-Janeyrodagi G20 sammitining ochilishida ma’lum qildi.

“Bu bizning asosiy merosimiz bo’ladi”, – dedi  Lula da Silva. Amerikalararo taraqqiyot banki tashabbusga 25 milliard dollar va’da qilgan.

18—19-noyabr kunlari Rio-de-Janeyroda G20 davlatlari va Braziliya taklif qilgan davlatlar rahbarlari ishtirokida G20 sammiti bo‘lib o‘tmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.