Odamlarni garovga olgan mahkumlar koloniya xodimining qulog‘ini kesishga urindi
So‘z Yuriy Mavrin haqida bormoqda (u hozir kasalxonada).
Ushbu ma’lumotning tasdig‘i yo‘q.
Shuningdek, Shot manbasiga ko‘ra, hujumchilar qo‘lbola portlovchi moslamani yig‘ishga muvaffaq bo‘lganini va uni portlatish bilan tahdid qilishayotganini aytishgan.
2024-yilning mart oyida “Krokus”dagi teraktdan so‘ng, gumondorlardan birini qo‘lga olgan xavfsizlik kuchlari uning qulog‘ining bir qismini kesib, uni yeyishga majburlagani tasvirlangan video paydo bo‘lgandi.
Qayd etamiz, avvalroq 19-sonli axloq tuzatish koloniyasida odamlar garovga olingani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Mahbuslar Volgograd oblastining Surovikino rayonida joylashgan ushbu koloniyaning kamida uch xodimini o‘ldirgani, shuningdek, bir necha kishini garovga olgani haqida xabarlar berilgan.
Volgograd yaqinidagi 19-sonli axloq tuzatish muassasasida odamlarni garovga olgan mahbuslar o‘zlarini IShID terrorchilik tashkilotining tarafdorlari deb atagan.
Sharhlar