Qozog‘iston o‘z fuqarolarini Odessa va Xarkov viloyatlarini tark etishga chaqirdi
Qozog‘iston hukumati o‘z fuqarolarini xavfsizlik yuzasidan Odessa va Xarkov viloyatlarini tark etishga chaqirdi. Bu haqda Qozog‘istonning Kiyevdagi elchixonasi saytida xabar berildi, deb yozadi “Kommersant”.
“Ukrainaning Odessa va Xarkov viloyatlarida xavfsizlik bilan bog‘liq beqaror vaziyat va o‘sib borayotgan keskinlik munosabati bilan, Qozog‘iston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi Qozog‘iston fuqarolariga ushbu viloyatlarni tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqishni tavsiya qiladi”, — deyiladi xabarda. Elchixona aniqlik kiritishicha, Polsha orqali chiqib ketmoqchi bo‘lgan Qozog‘iston fuqarolariga Shengen vizasi kerak bo‘ladi.
Qozog‘iston 2022-yilda ham Rossiya harbiy operatsiyasi boshlanganidan keyin o‘z fuqarolarini Ukrainani tark etishga da’vat qilgan edi. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin sanksiyalar fonida Rossiya uchun Qozog‘iston bilan “do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalari” ayniqsa muhim ekanini ta’kidlagandi. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev G‘arb sanksiyalarini buzmagan holda, Rossiya bilan hamkorlikni, shu jumladan, iqtisodiy sohada davom ettirishga va’da bergandi.
Sharhlar