Rossiya Odessaga ballistik raketa bilan hujum qildi
15-avgustga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Odessaga ballistik raketa bilan hujum qildi, ikki kishi yaralandi, deb yozadi DW.
Viloyat ma’muriyati rahbari Oleg Kiper ma’lum qilishicha, port bo‘yidagi fuqarolik infratuzilmasi nishonga olingan.
Shu kuni Rossiya qurolli kuchlari Xarkov viloyati Kupyanskiy tumanidagi qishloqda xususiy uylarga ham baravar o‘t ochish reaktiv tizimlaridan zarba bergan. Oqibatda yong‘in kelib chiqqan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.
Shunga o‘xshash hujum Xerson viloyatida ham amalga oshirilgan. Stanislav qishlog‘iga zarba berilgan, yong‘in yuz bergan. Oqibatda to‘rt nafar qutqaruvchi jabrlangan.
Ulashish:
Sharhlar