O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi (video)
27-iyulga o‘tar kechasi O‘zbekiston terma jamoasi delagatsiyasi Parijda XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimida ishtirok etdi.
Olimpiada tarixida birinchi marta tadbir stadionda emas, shahar markazida bo‘lib o‘tdi: ishtirokchi mamlakatlar jamoalari Sena daryosi bo‘ylab kemalarda suzib o‘tdi.
O’zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari Abdumalik Xalokov va Zaynab Dayibekova bo‘ldi. O’zbekiston delegatsiyasi rahbariyati ham Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
Olimpiya o‘yinlari 11-avgustga qadar davom etadi. O‘zbekistonda 90 nafar sportchi sportning 19 ta turi bo‘yicha musobaqalarda qatnashadi.
Ulashish:
Sharhlar