Reduxx portaliga ko’ra, MRI Xelifda bachadonning yo’qligi va ichki moyaklar mavjudligini ko’rsatdi va xromosoma testi XY karyotipini tasdiqladi. Uning testosteron darajasi odatda erkaklarda topilgan darajada ekanligi aniqlandi.
Xelif Parij joriy yilgi Olimpiadasida 66 kg vazn toifasida oltin medalni qo’lga kiritdi. 2023-yilgi jahon chempionatida u gender testi tufayli diskvalifikatsiya qilingan edi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasining (XOQ) sportchiga 2024 yilgi o‘yinlarda ishtirok etishiga ruxsat berish haqidagi qarori sport jamoatchiligida muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Sinovlar o’tkazilgan Xalqaro boks assotsiatsiyasi Xelif testlarida erkak va ayol karyotiplari mavjudligini qayd etdi. XOQ, o‘z navbatida, sportchini pasport ma’lumotlariga asoslanib, gender testlarini ahamiyatsiz deb hisoblagan holda qabul qildi.
Sharhlar