Oliy Rada Dmitriy Kulebaning iste’fosini ko‘rib chiqishni keyinga qoldirdi
Ukraina Oliy Radasi Dmitriy Kulebaning tashqi ishlar vaziri lavozimidan ketishini tasdiqlamadi va bu masalaga keyingi yig‘ilishda qaytishga qaror qildi.
Parlamentdagi “Sluga naroda” (“Хalq xizmatchisi”) fraktsiyasidagi manbaga ko‘ra, deputatlar yetarlicha ishtirok etmagani va zarur yordam ko‘rsatilmagani uchun ovoz berish boshqa muddatga qoldirilgan.
Shu bilan birga, Rada hukumatdagi yana bir nechta kadr o‘zgarishini ma’qulladi.
Adliya vaziri Denis Malyuska, sanoatning strategik sohalari masalalari bo‘yicha vazir Aleksandr Kamishin, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslar vaziri Ruslan Streles va bosh vazirning Yevropa integratsiyasi bo‘yicha o‘rinbosari Olga Stefanishina ishdan bo‘shatildi.
Biroq Bosh vazir o‘rinbosari va vaqtincha bosib olingan hududlarni reintegratsiya qilish vaziri Irina Vereshchukning iste’fosi ham qo‘llab-quvvatlanmadi.
Sharhlar