RF Mudofaa vazirligi: Rossiya Ukraina dronlarining ommaviy hujumini qaytardi
Rossiya Mudofaa vazirligi 3-oktabrga o‘tar kechasi Ukraina uchuvchisiz uchar qurilmalari katta ko‘lamli hujum uyushtirganini ma’lum qildi. Muassasa xabariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari mamlakatning to‘rtta hududi osmonida jami 113 ta dronni urib tushirib, hujumni muvaffaqiyatli ravishda qaytargan.
“Havo hujumiga qarshi mudofaaning navbatchi vositalari tomonidan Ukrainaning 113 ta uchuvchisiz uchar qurilmasi — Belgorod viloyatida 73 ta, Voronej viloyatida 25 ta, Kursk viloyatida 14 ta va Bryansk viloyati osmonida bitta dron — tutib olindi va yo‘q qilindi”, — deyiladi xabarda.
Ukraina tomoni esa bu ma’lumot yuzasidan izoh berganicha yo‘q.
Ulashish:
Sharhlar