Omskdan Moskvaga “Rossiya” aviaotryadining maxsus borti parvoz qildi. Avvalroq FJIEX Vladimir Kara-Murza Omskdagi koloniyadan ko‘chirilayotgani haqida ma’lum qilgandi
Avvalroq “Agentstvo” Omskdagi koloniya ma’muriyati advokatga Kara-Murza bilan ikki kun ketma-ket uchrashishga ruxsat bermagani – u go‘yoki qamoqxona kasalxonasida tekshiruvdan o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edi. Himoyachi siyosatchini oxirgi marta 25 iyul kuni ko‘rgan.
Bundan oldin Reuters Federal jazoni ijro etish xizmati (FJIEX) javobiga tayanib, Kara-Murza Omskdagi axloq tuzatish koloniyasidan boshqa joyga ko‘chirilayotgani haqida xabar bergandi. Aynan qaerga ko‘chirilyotgani haqida aniq xabar yo‘q.
Vladimir Kara-Murza so‘nggi kunlarda koloniya va hibsxonalardan g‘oyib bo‘lgan olti siyosiy mahbusdan biri. Ularning advokatlari va qarindoshlari qaerda ekanliklarini va ularga nima bo‘lganini bilishmaydi. Huquq himoyachilari ularni almashishga tayyorlashayotgan bo‘lishlarini taxmin qilishmoqda
Sharhlar