Fransiyadagi saylovlarning birinchi bosqichida o‘ng populistlar g‘olib bo‘ldi
Fransiyada 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarining birinchi bosqichida Marin Le Penning “Milliy birlashuv” partiyasi o‘ng populistlari g‘olib chiqdi, deb yozadi DW. Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu partiya o‘z ittifoqdoshlari bilan birgalikda ovozlarning 33 foizini qo‘lga kiritgan.
So‘llar va “yashillar”ning “Yangi xalq fronti” saylov alyansi uchun 28 foiz saylovchilar ovoz bergan bo‘lsa, prezident Emmanuel Makronning hukumat lageri 20 foiz ovoz to‘pladi.
Uchta har xil ijtimoiy kompaniyalar prognozlariga ko‘ra, 7-iyulga belgilangan saylobvlarning ikkinchi bosqichida o‘ng populistlar Milliy majlisda nisbatan yoki hatto mutlaq ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritishi mumkin.
Parlamentda 577 ta o‘rinning taqsimlanishi ko‘pchilik nomzodlar, masalan, “Milliy birlashuv”ning g‘alabasiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ikkinchi bosqichda o‘z nomzodini olib tashlash-tashlamasligiga bog‘liq bo‘ladi.
Sharhlar