Oq uy va Pentagon Rossiya harbiy kemalarining AQSh yaqinidagi portga kirishi bo‘yicha izoh berdi

Российская атомная подводная лодка "Казань" (слева) и фрегат "Адмирал Горшков". Фото: CNN

AQSh Rossiya harbiy kemalari Kubaning Gavana portiga kirishi munosabati bilan hech qanday harbiy tahdid ko‘rmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Yevropeyskaya pravda” nashri yozadi.

Rossiya flotining “Admiral Gorshkov” fregati va Rossiya flotining “Kazan” atom suv osti kemasi chorshanba kuni Gavana portiga kirgan. Ularga buksir va yonilg‘i tashuvchi kema hamroh bo‘lgan.

Rossiyaning to‘rtta kemasi Atlantika okeanida “yuqori aniqlikdagi raketa qurollari” yordamida mashg‘ulotlar o‘tkazganidan so‘ng Kubaga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi chorshanba kuni. Vazirlik xabariga ko‘ra, suv osti kemasi va fregati “Sirkon” gipertovushli raketalari, “Kalibr” qanotli raketalari va “Oniks” kemaga qarshi raketalari bilan jihozlangan.

Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan chorshanba kuni jurnalistlarga bunday dengiz mashqlari odatiy hol ekanini aytdi.

“Biz bunga o‘xshash narsalarni avval ham ko‘rganmiz va biz shunga o‘xshash narsalarni yana ko‘rishni kutyapmiz, men bundan biron-bir maqsadni ko‘rmoqchi emasman”, – deydi Sallivan.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya Kubaga raketa bergani haqida hech qanday dalil yo‘q, ammo AQSh hushyor bo‘lib qoladi.

“Biz shunga o‘xshash narsa bo‘lishini kutmaymiz”, deydi u qurollarning ehtimoliy berilishi haqida.

Pentagon spikerining o‘rinbosari Sabrina Singxning aytishicha, mashg‘ulotlar AQSh uchun xavf tug‘dirmaydi.

“Biz rossiyaliklarning bu boradagi rejalarini kuzatib bordik. Bu kutilamgan holat emas. Biz ularning buni qilganini ko‘rdik – avval ham portlarga bunday kirishlarni ko‘rganmiz, bu biz turli ma’muriyatlar davrida ko‘rgan odatiy dengiz tashriflaridir “, deydi Singx.

Kuba o‘tgan hafta bu tashrif Gavanaga do‘st bo‘lgan davlatlar harbiy kemalari uchun odatiy amaliyot ekanligini aytdi. Kommunistik hukumat tashqi ishlar vazirligi flot bortida yadro quroli yo‘qligini bildirdi.

Gavana Florida shtatidagi Ki-Vest shahridan atigi 160 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, u yerda AQSh harbiy-dengiz kuchlarining aviatsiya bazasi joylashgan. Ba’zi kuzatuvchilar Rossiya harbiy kemalarining Kubaga tashrifini Vladimir Putin Jo Baydenga Moskva Vashingtonga o‘z ta’sir doirasiga qarshi kurashishi mumkinligini eslatish usuli deb atamoqda.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.