Oracle kompaniyasi hamasoschisi eng boy odamlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egalladi

Foto: EPA

Oracle kompaniyasi asoschialridan biri va direktorlar kengashi raisi Larri Ellison Forbes talqini bo‘yicha sayyoraning eng boy odamlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egalladi, deb xabar beradi “Kommersant”. Amazon asoschisi Jeff Bezos uchinchi pog‘onaga tushib qoldi.

Ellisonning boyligi 206,5 milliard dollarga baholanmoqda, u bir sutkada 8,8 milliard dollarga oshgan. Bundan ko‘proq ko‘rsatkich faqat Ilon Maskda (250,8 milliard dollar). Bezosning davlati 202,9 milliard, Facebook asoschisi Mark Sukerbergniki 184,6 milliard, Louis Vuitton egasi Bernar Arnoniki esa 170,7 milliard dollarga baholanmoqda.

Biroq Bloomberg’ning milliarderlar reytingida Larri Ellison to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, uning boyligi 181 milliard dollarga teng. Bloomberg talqini bo‘yicha yuqori uchlik Ilon Mask (248 milliard dollar), Jeff Bezos (208 mlrd) va Mark Sukerberg (189 mlrd)ga tegishli.

Oracle Amerika korporatsiyasi bo‘lib, u eng yirik dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilardan biridir. 1977-yilda asos solingan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.