Xitoy yerni masofadan zondlovchi sun’iy yo‘ldoshlar guruhini orbitaga olib chiqdi

Foto: Xinhua

Xitoyning janubi-g‘arbiy Sichuan provinsiyasida yerni masofadan turib zondlovchi “Yaogan-43” sun’iy yo‘ldoshlari guruhi ortilgan “Chanchjen-4-bi” eltuvchi raketasi uchirildi, deb yozadi “Kommersant”. Orbitaga chiqarilgan qurilmalar past orbitali sun’iy yo‘ldoshlar guruhini tuzish uchun yangi texnologiyalarni sinashga mo‘ljallangan.

Raketa Toshkent vaqti bilan 06:22 da Sichan kosmodromidan uchirilgan. Bu “Chanchjen” seriyasidagi eltuvchi raketalarning 533-marta uchirilishidir.

Bundan avval Xitoy 5-iyul kuni “Tayyuan” kosmodromidan “Tyanxuey 5-02” sun’iy yo‘ldoshlar guruhini uchirgandi. Ular xaritalashtirish, yer resurslarini tadqiq qilish, ilmiy tajribalar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.