Rossiyaning Orsk shahridagi to‘g‘on butunlay vayron bo‘lgani aytilmoqda. Uch kishi halok bo‘lgan
Rossiyaning Orsk shahridagi to‘g‘on butunlay vayron bo‘ldi, deb yozadi “Kommersant”. Suv avtomobil yo‘liga toshib chiqqan.
Ammo Orenburg viloyati ma’murlari to‘g‘on to‘liq buzilib ketmaganini, balki uning 10 metr keladigan qismi vayron bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Toshqindan keyin shahardan uch kishining jasadi topilgan. Ulardan ikki nafari ko‘chada, uchinchisi uy ichida aniqlangan.
Suv sathi 4 metrgacha balandlikka ko‘tarilgani aytilmoqda. Uylar suv ostida qolmoqda, odamlar tomlarga chiqib, yordam kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Orsk shahrida 5-aprel kuni kechqurun kuchli toshqin fonida to‘g‘on yorilib ketdi. Toshqin zonasida 4 mingta uy joylashgan bo‘lib, ularda qariyb 11 ming kishi yashaydi.
Sharhlar