Rossiyaning Orsk shahrida to‘g‘on yorilishi oqibatida qariyb 600 ta uy suv ostida qoldi
Rossiyaning Orsk shahrida 5-aprel kuni kechqurun kuchli toshqin fonida to‘g‘on yorilib ketdi. Toshqin zonasida 4 mingta uy joylashgan bo‘lib, ularda qariyb 11 ming kishi yashaydi. “Kommersant” xabar berishicha, Stariy gorod mitti tumanida mahalliy aholini evakuatsiya qilish davom etmoqda. To‘qqizta ko‘chadagi 600 ga yaqin uy suv ostida qolgan. 12 ta vaqtinchalik joylashtirish punktlarida qariyb 230 kishi, shu jumladan 73 nafar bola bor.
Orskning asosan xususiy uylar joylashgan eski qismiga suv oqib kelishda davom etmoqda, deyiladi FVV xabarida. Voqea joyida 530 dan ortiq mutaxassis ishlamoqda. 125 ta texnika va 75 ta suzish vositalari ishlatilmoqda.
Toshqindan boshqa aholi punktlari ham jabrlandi. Xususan, Orneburgda 300 ta uy va 750 ta uchastka suv ostida qolgan. Bir nechta mitti tuman va qishloqlar xavf yoqasida turibdi.
Sharhlar