3-4 iyul kunlari Ostonada ShHT sammiti bo‘lib o‘tadi
3-4-iyul kunlari Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Central Asia Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmatiga tayanib.
Sammitda ShHTga aʼzo davlatlar rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning keng koʻlamli dolzarb masalalarini koʻrib chiqishni rejalashtirgan.
“Forumda kuzatuvchi davlatlar rahbarlari va muloqot boʻyicha hamkorlar ishtirok etishi kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.
ShHTga Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston kiradi. Belarus, Mo’g’uliston va Afg’oniston ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
Tayyorladi: Anhor.uz amaliyotchi muxbiri, O‘z JOKU 4-bosqich talabasi Sodiqjonova Yoqutxon
Sharhlar