Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Ostonada uchrashadi
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 9 avgust kuni Qozog‘iston poytaxtida uchrashadi. Bu haqda Prezident Qosim-Jomart Toqayev Ostona shahrida mintaqa davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblari bilan uchrashuvida ma’lum qildi.
Davlat rahbari “Markaziy Osiyo-2040” mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilganini ta’kidladi:
– Mintaqaviy yaqinlashuvning ustuvor yo‘nalishlari, birinchi navbatda, besh tomonlama hamkorlikni kengaytirish orqali Markaziy Osiyoni xalqaro sub’ekt sifatida mustahkamlashga qaratilgan. Ishonchim komilki, anjumanda “Markaziy Osiyo-2040” strategiyasi qabul qilinishi mintaqa uchun konseptual ahamiyatga ega bo‘ladi.
Qardosh mamlakat yetakchisi munosabatlarimizning o‘ziga xos xususiyati strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilayotgan XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish bo‘yicha do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomada mustahkamlanganini ta’kidladi.
– O’ylaymanki, Ostona sammitning asosiy natijalaridan biri barchamiz uchun tarixiy shartnomani imzolash tartibini yakunlash va hujjat kuchga kirishi bo‘ladi, – dedi Qozog‘iston rahbari. – Zero, besh tomonlama formatni institutsional jihatdan yanada takomillashtirish dolzarbligicha qolmoqda.
Sharhlar