AQSHning Jorjiya shtatidagi maktabda otishma yuz berdi. 4 kishi halok bo‘lib, 30 kishi yaralandi
Amerikaning Jorjiya shtati Uinder shahridagi “Apalachi” yuqori sinflar maktabida otishma sodir etildi. Oqibatda 4 kishi halok bo‘lib, 30 ga yaqin odam yaralandi, deb yozadi “Kommersant”. Qurbonlarning ikki nafari o‘qituvchi, yana ikki nafari esa o‘quvchilardir.
Shtat politsiyasi otishma uyushtirganlikda gumon qilinayotgan shaxsni aniqladi, u 14 yoshli Kolt Grey bo‘lib, allaqachon qo‘lga olingan.
Shtat qidiruv byurosi direktori Kris Xouzining so‘zlariga ko‘ra, Kolt Greys — o‘rta maktab o‘quvchisi. Keyinroq unga qotillik bo‘yicha ayblov e’lon qilinadi.
CNN huquq-tartibot organlaridagi manbalariga tayanib ma’lum qilishicha, otishma boshlanishidan oldin maktabga telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘lgan va beshta maktabda otishmalar tayyorlanayotgani haqida xabar berilgan. “Apalachi” birinchisi bo‘lishi aytilgan. Boshqa ta’lim muassasalaridagi otishmalar haqida xabarlar kelib tushmagan.
Sharhlar