Kim Chen In Putinga ikkita ovchi itni sovg‘a qildi
KXDR yetakchisi Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Shimoliy Koreyaga tashrifi chog‘ida unga noyob milliy pxunsan zotiga tegishli ikkita ovchi itni sovg‘a qildi, deb yozadi “Kommersant” Koreya Markaziy telegraf agentligiga tayanib.
Shuningdek, Kim Chen In Vladimir Putinni KXDR oliy davlat mukofoti — Kim Ir Sen ordeni bilan taqdirladi. Mukofotlash marosimi 19-iyun kuni Pxenyanda bo‘lib o‘tdi. Orden “ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga alohida hissa qo‘shgan” Rossiya prezidentiga “cheksiz hurmat va ishonch bildirish belgisi sifatida” topshirildi.
Putin 18—19-iyun kunlari KXDRga ishchi tashrif bilan bordi. Davlat rahbarlari jami 11 soatdan ortiq muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlar yakunida Rossiya va KXDR o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Shundan keyin Putin Vyetnamga jo‘nab ketdi.
Sharhlar