Oxirgi olti oyda Afg‘onistonda 292 kishi minalardan jabrlangan, ularning aksariyati bolalardir
Yanvar-iyun oylarida Afg‘onistonda 292 nafar tinch aholi mina va urush davridagi o‘q-dorilardan jarohat olgan, ulardan 256 nafari bolalardir. Bu haqda BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) o‘zining Twitter’ida ma’lum qildi, deb yozadi Mediazona.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, barcha portlashlarning yarmi bolalar o‘yinlari paytida sodir bo‘lgan, yana 15% portlashlar metallolom yig‘ish paytida sodir bo‘lgan. Olti oy davomida 211 o‘g‘il, 45 qiz, 29 erkak va 7 ayol baxtsiz hodisalar qurboni bo‘ldi.
Eng ko‘p voqealar Qandahor, Hirot, G‘azni, Kobul va Nangarhor viloyatlarida sodir bo‘lgan. Mamlakatning ushbu besh viloyatida 51 kishi halok bo‘lgan va 67 kishi jarohatlangan.
43 yillik fuqarolar urushi davomida oʻn minglab afgʻon tinch aholi oʻq-dorilar portlashi oqibatida halok boʻlgan yoki mayib boʻldi. OCHA hisob-kitoblariga ko‘ra, birgina 1989-yildan beri 45 ming afg‘on minalar va boshqa urush qoldiqlari qurboni bo‘lgan yoki har oy 110 kishi olamdan o‘tgan.
Sharhlar