Ozarbayjon o‘z imijini yaxshilash uchun Britaniyadagi lobbistlarga 4,7 million dollar sarflagan

Фото: Известия

Avstraliyaning Democracy for Sale tashkiloti e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Ozarbayjon BMTning Iqlim sammiti oldidan o‘zining imijini yaxshilash uchun Teneo maslahat kompaniyasiga 4,7 million dollar to‘lagan.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya Britaniyaning yuqori martabali siyosatchilari bilan aloqalarga ega va sobiq bosh vazir Boris Jonsonning hamkasbi tomonidan boshqariladi.

Tanqidchilar Ozarbayjonning “yashil imij”ga bo‘lgan urinishlariga qaramay, neft qazib olish tufayli atrof-muhitga zarar yetkazayotganini, shuningdek, oppozitsiya va huquq himoyachilarini hibsga olish orqali inson huquqlarini buzayotganini ta’kidlamoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.