Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Boku Janubiy Osetiyadagi saylovlarni tan olmasligini bildirdi
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Boku Gruziyaning hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlashini va Janubiy Osetiyada oʻtkazilgan “oʻzini oʻzi eʼlon qilgan” saylovlarni tan olmasligini bildirdi.
“Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Gruziyaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini yana bir bor tasdiqlaydi, oʻzini oʻzi eʼlon qilgan “parlament saylovlari”ni, shuningdek, 9-iyun kuni Gruziyaning Tsxinvali viloyatida oʻtkazilgan natijalarini tan olmaydi”, – deyiladi xabarda.
Avvalroq Janubiy Osetiyada parlament saylovlarida ovoz berish yakshanba kuni soat 08:00da boshlangani xabar qilingandi.
Ulashish:
Sharhlar