Ozarbayjon va Armaniston bir-birini yangi urushga tayyorgarlikda ayblamoqda

Фото: Media.Az

Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjonning Armaniston dronlari ikki davlat chegarasida razvedka parvozlarini amalga oshirgani haqidagi iddaolarini rad etib, bu bayonotlarni soxta aaxborot deb atadi.

Ozarbayjon o‘tgan haftada Armaniston dronlari 25-iyul va 28-iyul kunlari chegarada razvedka o‘tkazganini ma’lum qilgandi.

Ozarbayjon ham G‘arb davlatlari, xususan, AQSh va Fransiya Armanistonni qo‘llab-quvvatlab, uni Qorabog‘ uchun qasos olishga tayyorlayotganini da’vo qilmoqda.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armanistonda AQSh ishtirokidagi harbiy mashg‘ulotlar, shuningdek, Fransiya tomonidan qirg‘in qurollar yetkazib berilishi va Yevropa Tinchlik Jamg‘armasi homiyligida Yevropa Ittifoqining harbiy yordami Armanistonni provokatsiyaga va Ozarbayjonga qarshi navbatdagi urushga tayyorgarlik ko‘rishga undashini bildirdi.

Armanistonda ko‘pchilik yangi urushdan xavotirda. Bosh vazir Nikol Pashinyan va boshqa siyosatchilar Ozarbayjonni hududiy yaxlitligini o‘zaro tan olishga chaqirmoqda. Ikkinchi Qorabog‘ urushi tugaganiga to‘rt yil, qurolli to‘qnashuv boshlanganiga 32 yil o‘tganiga qaramay, ikki davlat o‘rtasida haligacha tinchlik shartnomasi imzolangani yo‘q.

Ozarbayjon va Armaniston rahbarlarining shu oyda Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuvi, tomonlarning o‘zaro ayblovlari ortidan, uni buzganlik uchun bekor qilindi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.