Putin davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga keldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga yetib keldi, deb yozadi “Kommersant”.
Kreml xabariga ko‘ra, Bokuda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda Rossiya-Ozarbayjon munosabatlarini strategik sheriklik doirasida yanada rivojlantirishni, shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
Tashrif yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlarining qo‘shma bayonotini qabul qilish, hukumatlararo va boshqa hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.
Vladimir Putin Bokuga oxirgi marta 2018-yil sentabrida tashrif buyurgan. 2024-yil aprelida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Rossiya prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga kelgan edi. Iyulda prezidentlar Ostonada ShHT sammiti doirasida uchrashib, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni muhokama qilgan edi.
Sharhlar