O‘zbekistonlik fuqaro firibgarlik uchun xalqaro qidiruvga berilgan
Qozog‘iston Moliyaviy monitoring agentligi (AFM) “Thefiniko” moliyaviy piramidasining tuzilmaviy bo‘linmasi rahbari deb taxmin qilingan shaxsni xalqaro qidiruvga berdi, deb xabar beradi “Zakon.kz”.
Bu haqda boshqarma tomonidan 2024-yil 29-avgustda yuborilgan axborotda aytiladi.
“Moliyaviy monitoring agentligi tomonidan 1976-yil 26-sentabrda, Toshkent shahrida (O‘zbekiston) tug‘ilgan Dana Anvarovna Batirshina xalqaro qidiruvga berilgan. Mazkur shaxs 2020-yil iyulidan 2021-yil iyuligacha “Thefiniko” moliyaviy piramidasining tarkibiy bo‘linmasini boshqarganlikda gumon qilinmoqda. U fuqarolardan umumiy qiymati 65,9 million tenge va 206,5 ming dollarni noqonuniy ravishda jalb qilgan”, — deyiladi AFMU matbuot xizmati xabarida.
Agentlikning ta’kidlashicha, Thefiniko savdo va investitsiya platformasi emas va jahon birjalarida ro’yxatdan o’tmagan.
Ulashish:
Sharhlar