Rossiya bilan almashinuv doirasida ozod etilgan amerikaliklar AQSHga yetib keldi, ularni Jo Bayden va Kamala Xarris kutib oldi
AQSH fuqarolari — The Wall Street Journal muxbiri Evan Gershkovich, “Radio Svoboda” jurnalisti Alsu Kurmasheva va sobiq dengiz piyodasi Pol Uilan o‘tirgan samolyot Amerikaning Merilend shtatidagi Endryus aviabazasiga qo‘ndi, deb yozadi Meduza.
ABC News voqeani translyatsiya qildi. Unda Rossiya va G‘arb mamlakatlari o‘rtasidagi almashinuv doirasida ozod etilgan Gershkovich, Kurmasheva va Uilanni qarindoshlari, shuningdek, AQSH prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Xarris kutib olganini ko‘rish mumkin.
Jo Bayden bu lahzani uzoq kutganini ta’kidladi. “Buni amalga oshira olishimizga mutlaqo ishonchim komil edi”, — dedi AQSH prezidenti.
Ulashish:
Sharhlar