Papua-Yangi Gvineyada yer o‘pirilishi oqibatida 300 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Foto: Postcourier.com

Papua-Yangi Gvineya shimolidagi Kaokalam qishlog‘ida yer ko‘chishi oqibatida 300 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAVlar xabar bermoqda. Shuningdek, yer o‘pirilishi tufayli 1182 ta uy vayron bo‘lgan.

Kaokalam qishlog‘i Enga viloyatida, poytaxt Port-Morsbidan 600 km masofada joylashgan. Yer ko‘chishi mahalliy vaqt bilan 24-may kuni 3:00 atrofida yuz bergan. Mamlakat parlamenti a’zosi Aymos Akem hodisada yuzlab odamlar nobud bo‘lganini tasdiqladi.

Yer o‘pirilishi natijasida shosse to‘silib qolgan va ushbu hududga yetib olish uchun yagona vosita vertolyot bo‘lib qolgan.

Viloyat aholisi yer ko‘chishi oqibatlari aks etgan suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylamoqda. Foto va videotasvirlarda fuqarolar jabrlanuvchilarni qidirib, tuproq uyumlarini titayotganini ko‘rish mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.