Paradzyudochi Davurxon Karomatov Paralimpiadada bronza medalini qo‘lga kiritdi

Фото: paralympic.uz

О‘zbekistonlik paradzyudochi Davurxon Karomatov 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlarining bronza medali sovrindori bo‘ldi, deya xabar beradi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

90 kg (J2) vazn toifasida uchinchi o‘rin uchun kechgan jangda gruziyalik sportchi Lasha Kizilashvilini mag‘lub etdi.

Shu tariqa О‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘armasini yana bir bronza medal bilan to‘ldirdi. Ayni kungacha sportchilarimiz 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.