Parijda yozgi Paralimpiya o‘yinlari yakunlandi
Parijda Paralimpiya o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda BBC. Fransiyalik sportchi Aureliya Ober boshqa bir qator sportchilar qurshovida paralimpiya mash’alini o‘chirdi.
Yopilish marosimi “Stad de Frans” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda 4,4 ming sportchi va 168 ta delegatsiya qatnashdi. Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi rahbari Toni Estange nutq so‘zladi.
Parij meri Ann Idalgo Paralimpiya bayrog‘ini Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsonsga topshirdi. U esa bayroqni Los-Anjeles meri Karen Bassga berdi. Keyingi Paralimpiya o‘yinlari Amerikaning ushbu shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Parijda Paralimpiya o‘yinlari 28-avgustda boshlangan edi. Medallar soni bo‘yicha Xitoy (94 ta oltin, 76 ta kumush, 50 ta bronza), Buyuk Britaniya (49, 44, 31) va AQSH (36, 42, 27) yetakchilik qildi.
Sharhlar