Parij Olimpiadasining byudjeti 11 mlrd yevroga baholanmoqda
26-iyuldan 11-avgustgacha Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarining qiymati 11 milliard yevroni tashkil etdi. Bu dastlab rejalashtirilgan byudjetdan deyarli ikki baravar ko‘p.
Ouest-France gazetasining yozishicha, dastlab o‘yinlar 6,2 milliard yevroga tushishi kutilgan edi, biroq xarajatlar sezilarli darajada oshgan.
Ayniqsa davlat xarajatlari ortib, ochilish marosimi uchun rejalashtirilgan 2,3 milliard yevro o‘rniga 4,6 milliard yevroga yetgan va taxminan 122 million yevroni tashkil etgan.
Ulashish:
Sharhlar