Parij prokuraturasi Durovning ishi uning akasiga taalluqli emasligini bildirdi
“Telegram” asoschisi Pavel Durovga nisbatan jinoiy ish hozircha uning akasi Nikolayga taalluqli emas. Bu haqda Parij prokuraturasiga tayanib, «TASS» xabar beradi.
Departament tergov manfaatlarini ko‘zlab, hibsga olish orderlari berilishiga izoh bermadi.
“Yoki shaxs allaqachon gumonlari haqida xabardor qilingan va uning huquqlari haqida ma’lumot berilgan yoki tergovchilar gipoteza bilan ishlamoqda, bu haqda gapirishga hali erta”, – deydi prokuratura agentlikka.
Politico nashrining yozishicha, Pavel va Nikolay Durovlarni hibsga olish uchun order 25-mart kuni chiqarilgan. Bu “Telegram” bolalar pornografiyasini tarqatish va ishlab chiqarishda ayblanayotgan foydalanuvchilardan birining shaxsini aniqlash so‘rovini e’tiborsiz qoldirganidan keyin sodir bo‘lgan.
Sharhlar