Parijda Pavel Durovga nisbatan yana bir tergov ishi olib borilmoqda
Parijda Pavel Durovga qarshi yana bir tergov davom etmoqda – uning farzandlaridan biriga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgani sababli, deb yozadi AFP.
Forbes avvalroq xuddi shu ish Shveysariyada tekshirilayotganini ma’lum qilgandi. Jurnalistlar bir xil yoki turli holatlar haqida yozyaptimi, noma’lum.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Irina Bolgar Shveysariyada sudga murojaat qilgan: u Durov 2017-yilda tug‘ilgan umumiy o‘g‘liga nisbatan zo‘ravonlik qilganini aytadi.
Ko‘p o‘tmay, u yana sudga bolaga vasiylik qilish uchun murojaat qildi, deb yozadi nashr. Har ikkala ariza, Forbes qayd etganidek, Bolgar tomonidan Durov oyiga 150 ming yevro aliment to‘lashni to‘xtatganidan keyin berilgan.
Ulashish:
Sharhlar