Oq uy Bayden Parkinson kasalligiga chalinganini rad etdi
AQSH prezidenti Jo Baydenda Parkinson kasalligi yo‘q va bo‘lmagan ham. Bu haqda Oq uy rasmiy vakili Karin Jan-Pyer ma’lum qildi, deb yozadi DW.
“Prezident Parkinson kasalligidan davolanganmi? Yo‘q. U hozir Parkinson kasalligidan davolanyaptimi? Yo‘q. U Parkinson kasalligiga qarshi qandaydir dorilarni qabul qilyaptimi? Yo‘q”, — dedi u 8-iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifingda jurnalistning tegishli savoliga javoban.
Shu bilan birga, Jan-Pyer ta’kidlashicha, Bayden har yilgi an’anaviy tibbiy ko‘riklar doirasida uch marta nevrolog huzurida bo‘lgan.
Avvalroq The New York Post gazetasi Oq uy tashrif jurnalidagi qaydlarga tayanib, AQSH prezidentining davolovchi shifokori Kevin O’Konnor yanvarda Parkinson kasalligiga ixtisoslashgan nevrolog Kevin Kanard bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar bergandi. The New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, Kanard 2023-yil yozidan 2024-yil bahorigacha Oq uyga sakkiz marta tashrif buyurgan.
Sharhlar